Pep Gvardiola: "APLdagi g'oliblik barchasidan muhim"

Aziz Tukhtamuradov
22 apr 2021, 09:27
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Aston Villa"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz juda yaxshi o'ynadik. Bizda chetlatish bo'lganidan keyin ham, Metti Kesh maydonni tark etganidan so'ng ham o'yin juda yaxshi davom etdi. Tarkibdagi futbolchilar soni tenglashganidan so'ng biz o'yinni nazorat qildik. Stounz to'pga ulgurmadi, lekin o'yin qoidasini buzish istagi unda bo'lmagandi. 

G'alaba qozonganimizdan xursandman. Agar mag'lub bo'lganimizda norozi bo'lardim. Ammo biz yaxshi o'ynadik.

Angliya chempionatidagi g'alaba barchasidan muhim", - dedi Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC