Pedro qoyilmaqom natija qayd etdi

30 may 2019, 08:00
Yevropa Ligasi finalida “Chelsi” “Arsenal”ni yirik hisobda mag'lub etdi (4:1).

Uchrashuvda “Chelsi”ning ispaniyalik a'zosi Pedro Rodriges o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.

Natijada 31 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasi/Chempionlar Kubogi, Yevropa Superkubogi va UEFA Kubogi/Yevropa Ligasi Kubogi finallarida gol ura olgan ilk futbolchiga aylandi.

Qayd etish joiz, Pedro Yevropa Superkubogi va Chempionlar Ligasi finallaridagi gollarini “Barselona” safida kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live