Yanvar oyining boshidan mashg'ulotlarga kirishgan har ikki jamoa safida akademiya tarbiyalanuvchilari shug'ullanishmoqda. Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi yoshlar jamoasi nazorat uchrashuvida "Bunyodkor-Geofizika"dan 3:0 hisobida ustun keldi. Ibrohimov, G'ofurov va Sidorov tomonidan kiritigan to'plar g'alabani taminladi. 15 yanvar, chorshanba kuni ushbu jamoamiz "Obod" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. "Paxtakor"ga qaytgan murabbiy Vladimir Andreev Mo'minjonovning yordamchisi sifatida faoliyat ko'rsatadi.
Dilshod Nuraliev boshqarishga kirishgan birinchi ligada ishtirok etadigan jamoa tarkibi ham akademiyaning eng yosh tarbiyalanuvchilari evaziga shakllantirilyapti. Shanba kuni bu jamoa Toshkent shahrining "Spartak" jamoasini 7:1 hisobida dog'da qoldirdi. Nuralievga Jasur Abduraimov yordam bermoqda.