"Paxtakor" Turkiyada Rossiyaning "Arsenal" klubi bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2017, 21:59
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Paxtakor" bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Rossiya premer-ligasining ishtirokchisi bo'lgan Tulaning "Arsenal" klubiga qarshi o'tgan bahsda hisob ochilmadi. Bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Natija adolatli. Arsenal tashabbusga ega bo'ldi, biz ham faqat himoyada o'ynaganimiz yo'q. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Takidlash lozimki, bizning jamoa Rossiya chempionati klublaridan kuchsizroq. Bundan oldingi o'rtoqlik uchrashuvida Krilya Sovetovga yutqazib qo'ygandik (0:1). Arsenalga chempionatda omad tilayman!

Arsenal Tula - Paxtakor 0:0
Arsenal Tula
: Gabulov, Ivanov, Sunzu, Vergara, Xagush, Belyaev, Bourchanu, Gorbatenko, Burmistrov (k), Aleksandrov, Rasich.
Paxtakor: Lobanov, Hoshimov, Ismatullaev, Oraxovac, Andreev, Alijonov, O'runov, A.Ahmedov, Karimov, Iskanderov, Sergeev.
Zaxiradan tushganlar: Yusupov, Hakimov, Nurullaev,
Chetlatish: Sherzod Karimov 47



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz