"Paxtakor" safida bugun argentinalik futbolchi maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2014, 15:56
Turkiyada navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazayotgan “Paxtakor” jamoasi, bugun Rossiya premer-ligasi vakili hisoblangan “Krasnodar” klubiga qarshi maydonga tushadi.

O'yin Belekdagi "Korneliya Daymond" mehmonxonasi qoshidagi futbol maydonida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Uchrashuv boshlanish vaqti 20:30 (Toshkent vaqti). Jamoamiz tarkibidagi jarohat olgan futbolchilar yuq. Barcha o'yinchilarimiz jiddiy raqib bilan bo'ladigan nazorat o'yiniga tayyor holatdalar.Raqibga to'xtaladigan bo'lsak “Krasnodar” klubi 2008 yilda tashkil topgan bo'lib, Rossiya premer-ligasi 2013/2014 yilgi mavsumi 19-turidan so'ng, 33 ochko bilan turnir jadvalida 6 o'rinda bormoqda. Takidlash lozimki, “Krasnodar” safida O'zbek futboli tarbiyalanuvchisi hisoblangan Nikolay Markov to'p suradi. Jamoa bosh murabbiyi Oleg Kononov.

Bugungi uchrashuvda “Paxtakor” murabbiylar shtabi jamoada ko'rikdan o'tayotgan hujumkor yarim himoyachi argentinalik Matias Norberto Fernandesni o'yinini kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Agar futbolchi murabbiylarga maqul kelsa, O'zbekiston chempionatida birinchi argentinalik legioner paydo bo'lishi imkoniyati yo'q emas.

Ismi: Matias Norberto Fernandez

Tug'ilgan yili: 05/07/1994

Ampluasi:Hujumkor yarim himoyachi

Oldingi jamoasi:Club Social y Deportivo Defensa y Justicia (2009 – 2014)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz