"Paxtakor" - "Mashal" uchrashuvida antirekord qayd etildi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2015, 12:23
Kecha oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinni tomosha qilish uchun PFL sayti bergan ma'lumotga ko'ra "Paxtakor" stadioniga 786 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu natija 2015 yildagi eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. Bunga qadar antirekord 12-turdan o'rin olgan "Metallurg" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida qayd etilgandi - 893 tomoshabin.

Eng ko'p tomoshabin esa 10-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" o'yiniga kelgandi - 17143.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia