

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Jamoa tarkibida yo'qotishlar bor. Komoliddin Tojiev mashg'ulotlarda kichik jarohat oldi va “Krasnodar”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgan edi. Futbolchi bir xaftadan so'ng maydonga qaytadi. Yarim himoyachi Jamshid Iskandarov ham tez orada safga qaytishi rejalashtirilmoqda. “Krasnodar”ga qarshi o'yinda maydonda harakat qilgan Anvar Rajabov o'zini biroz betob his qilgani uchun ertaga bo'lib o'tadigan o'yinda maydonga tushishi savol ostida qolmoqda. Qolgan barcha futbolchilar asosiy tarkibda mashg'ulot olib bormoqdalar. Jamoa tarkibiga kecha Toshkentdan yangi futbolchilar borib qo'shildilar. Bular: Aleksandr Lobanov, Aram Babayan va Igor Rogovanovlardir. “Krasnodar”ga qarshi uchrashuvda harakat qilgan argentinalik legioner futbolchi Matias Fernandes hamon “Paxtakor” safida ko'rikdan o'tmoqda va ertaga jiddiy raqibga qarshi uchrashuvda maydonda to'p surishi mumkin. Olingan so'ngi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyadagi ikkinchi yig'in doirasida, jamoa murabbiylar shtabi hujum chizig'ida harakat qilishi mumkin bo'lgan bir nechta futbolchini ko'zdan kechirishni rejalashtirgan.



