

14-29 dekabr kunlari birinchi bosqich Toshkentda olib boriladi. Oxirgi kuni nazorat o'yini o'tkazish ko'zda tutilgan. Ungacha esa engil jismoniy mashqlar bajarilib, trenajyor zalida shug'ullaniladi. 3-13 yanvar kunlari ikkinchi bosqich Toshkent va Qibrayda o'tkaziladi. 14 yanvar kuni esa jamoa Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oladi. U yerda 27 yanvar kuni tugaydigan yig'inda 4ta nazorat uchrashuvi tashkil etiladi. Qisqa muddat Toshkentda shug'ullanilgach, 3 fevral kuni yana Antaliyaga jo'nab ketiladi. 17 fevral kuni Turkiya yig'ini yakuniga yetib, "Paxtakor" Toshkentga qaytib keladi. 24 fevral kuni Chempionlar ligasining 1-turida "Paxtakor" stadionida jamoa ilk rasmiy bellashuvni o'tkazadi.
Tayyorgarlik rejasi
14-29 dekabr Toshkent
3-13 yanvar Toshkent va Qibray
14-27 yanvar Antaliya (Turkiya)
29 yanvar - 2 fevral Toshkent
3-17 fevral Antaliya (Turkiya)
Tayyorgarlik rejasi
14-29 dekabr Toshkent
3-13 yanvar Toshkent va Qibray
14-27 yanvar Antaliya (Turkiya)
29 yanvar - 2 fevral Toshkent
3-17 fevral Antaliya (Turkiya)



