

"Paxtakor" stadionidagi yodgorlik oldida ko'plab jamoa a'zolarining oilasi va yaqinlari, murabbiy va mutaxassislar, muxlislar, klublar, O'FF va PFL vakillari, "Paxtakor"ning ayni paytdagi futbolchilari jam bo'lishdi. Mirzahakim To'xtamirzaev, Salim Eshmuhammedov va Murod Aliev o'sha jamoa haqida o'z fikrlari va xotiralari haqida aytib o'tishdi. Keyin barcha Botkin qabristoniga yo'l oldi. U yerda esa O'FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov, To'lagan Isoqov va Alla Tazetdinova jamoa to'g'risida o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Keyin futbolchilarning qabrlariga gullar qo'yildi. Bugun kun davomida "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tadi.










