

"Jarima zarbasini tepishga tayyorlanayotgandim, yonimda Villian va yana kimdir bor edi. Keyin yonimga Messi keldi. U juda yaqin turib, savol berdi: "Barselona"ga o'tasanmi yoki yo'q?" Jarima zarbasini ijro etishdan oldin, shunday javob qaytardim: "Meni xarid qilmoqchi bo'lsangiz, olg'a". Uchrashuvdan so'ng Messi bilan futbolka almashdim va juda asabiylashdim. Ammo hozir baxtliman" - deydi Paulino.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik avgustda 40 mln. evro evaziga "Guanjou Evergrand"dan "Barselona"ga o'tdi.



