Paulino: “Beylni “Tottenxem”da qolishini istardim”

Narzulla Saydullayev
21 avg 2013, 20:30
“Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Paulino, hali ham Garet Beylning londonliklar klubida qolishiga umid qilmoqda.

“Beyl ”Tottenxem”da qolarmikan, buni bilmayman. Bu shaxsiy masala bo'lgani bois, buni uning o'zidan so'ray olmadim, lekin Garetning o'zi ham menga bu borada hech nima degani yo'q.

Biroq u klubda qoladi deb hali ham umid qilaman. U juda ham yaxshi futbolchi va o'tgan mavsumda yaxshi natijalarni qo'lga kiritdi. Biz u bilan katta yutuqlarga erishishmiz mumkin”, - deydi Paulino.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru