Pastore Neymarga nimani sovg'a qilmoqchi

Tolibjon Qosimov
3 avg 2017, 16:04
PSJ yarim himoyachisi Xaver Pastore o'ziga tegishli bo'lgan 10-raqamni Neymarga taklif qildi.

Braziliyalik futbolchi 222 million evro evaziga Parij klubiga o'tish arafasida turibdi.

Neymar terma jamoada aynan 10-raqamda o'ynaydi. Pastore Neymar o'zini yanada qulay his qilishi uchun unga o'zining 10-raqamini bo'shatib berishga tayyorligini aytdi.

"Men Neymarga o'zimning 10-raqamli futbolkamni taklif qilaman. U birinchi kundanoq o'zini qulay his qilishini va mamnun bo'lishini xohlayman.

Birgalikda Chempionlar ligasini yutish uchun uni imkon qadar qo'llab-quvvatlayman", - degan Pastore.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: squawka.com