Parij yo'llanmasi Qatarda hal bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2022, 09:32
Olimpiadaga yo'llanma beruvchi Osiyo kubogi mezboni aniqlandi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2024 yil U-23 Osiyo kubogi mezbonini e'lon qildi. Unga ko'ra, Qatar 2024 yilda o'tkaziladigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. 

Ushbu musobaqa Parij Olimpiadasiga yo'llanma berishi bilan ahamiyatlidir. 

Eslatib o'tamiz, mezbonlikka da'vogarlar orasida Eron, Saudiya, BAA va O'zbekiston ham bor edi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia