O'zbekistonning 10ta klubi OFK licenziyalashidan o'ta olmadi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2019, 17:29
OFK 2019 yil uchun licenziyadan o'tgan klublar ro'yxatini e'lon qildi.

Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z sahifasida ma'lum qildi.

O'zbekistondan licenziya olish uchun 17ta klub ariza yuborgan. Ulardan to'rttasi ("Lokomotiv", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Qizilqum") licenziya oldi. Yana uchta klub ("Nasaf", AGMK va "Navbahor") sankciyalar bilan licenziya olishdi. Qolgan 10ta klub licenziyalashdan o'ta olmadi.

Sankciyalar bilan licenziya olish degani nima? Klub A kategoriya talablarini bajargan, ammo B kategoriyaning bir yoki bir nechta majburiy bo'lmagan talablarini bajarmagan. Bunday holatda klub licenziya oladi, ammo sankciyaga tortiladi (masalan, jarima). Yani "Nasaf", AGMK va "Navbahor" licenziyaga ega chiqishdi, ammo ma'lum bir jazo ham olishdi.

Agar AGMK sankciyalar bilan bo'lsa ham licenziyalashdan o'ta olmaganida klub musobaqada umuman ishtirok eta olmas edi, - deb yozadi Nikimbaev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia