Ermatov, Kovalenko, Tantashev U-23 Osiyo chempionatida ishlashadi

Tolibjon Qosimov
2 yanv 2018, 12:29
9-27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladigan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida o'zbekistonlik hakamlar ham ish olib borishadi.

Jumladan, Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidovlar mazkur musobaqada ishlash uchun taklif etilishgan. Ular ertaga kechki payt Xitoyga yo'l olishadi.

Bundan tashqari, o'zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullaev ushbu musobaqaga hakamlar yo'riqchisi sifatida taklif etilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com