O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga 9 nafar “Bunyodkor”chi jalb etildi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 13:14
30 maydan 20 iyunga qadar Yangi Zelandiyada yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati oldidan 18-31 yanvar kunlari Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boradi.

Ushbu yig'inga to'qqiz nafar “Bunyodkor” futbolchilari taklif etildi. Bular: Zabixillo O'rinboev, Xurshid G'iyosov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov, Akramjon Komilov, Rustam Ashurmatov, Mirjamol Qosimov va Sardor Azimov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbunyodkor.com