O'zbekiston - Yaman o'yini uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2015, 13:32
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati 3 sentyabr kuni Jahon Chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston hamda Yaman milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv uchun akkreditatsiya jarayoni boshlanganini e'lon qiladi.

O'zbekiston – Yaman o'yini uchun akkreditatsiyadan o'tish istagida bo'lgan OAV hodimlari 4 avgustdan boshlab akkreditatsiya zayavkasini O'FF matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak.

Akkreditatsiya zayavkasi namunasi bilan "Meyoriy xujjatlar" bo'limidagi "Akkreditatsiyadan o'tish haqidagi nizom" faylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin. O'zbekiston – Yaman o'yini uchun akkreditatsiyadan o'tish jarayoni 21 avgust kunigacha davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com