O'zbekiston U17 - Marokash U17 uchrashuvi hakamlari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013
Ertaga O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAAdagi mundialda ikkinchi uchrashuvni o'tkazadi.
FIFA bu o'yinga boliviyalik hakamlarni tayinladi. Bahsni Raul Orozko boshqarib boradi. Orozko 2009 yildan buyon FIFA hakami hisoblanadi. Unga qanotlarda hamyurtlari Efrain Kastro va Arol Valda yordam berishadi.

O'zbekiston - Marokash o'rtasidagi bahs 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.


21 oktyabr. Fujayra. 21:00
O'zbekiston - Marokash
Bosh hakam:
Raul Orozko (Boliviya)
Yordamchi hakam: Efrain Kastro (Boliviya)
Yordamchi hakam: Arol Valda (Boliviya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia