O'zbekiston (U-22) terma jamoasi bugun ham kichik hisobda g'alaba qozondi

8 yanv 2014, 20:45
Bugun terma jamoamiz Dubayda ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Hozirgina yakunlangan bahsda terma jamoamiz kichik 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ummonning "Al Vatan" klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda kiritilgan yagona gol muallifi Diyor Turopov bo'ldi.

Nazorat uchrashuvi
Dubay. 08.01.2013
O'zbekiston (U-22) - "Al Vatan" (Ummon) 1:0
Gol: Diyor Turopov.

Shuxrat Maqsudov shoirdlari 6 yanvar kuni BAAning "Hatta" klubiga qarshi maydonga tushib 1:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. O'sha o'yinda Dilshod Jo'raev yagona golni urgandi.

Manba: championat.asia