Dastlabki kun o'tkazilgan o'yinlar natijasiga ko'ra, musobaqa chorak finalida ishtirok etuvchi to'rt jamoa va ikki juftlik ma'lum bo'ldi.
O'z tarixida ilk bor guruhdan keyingi bosqichga chiqish vazifasini uddalagan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 iyul kuni boshqa bir tarixiy natijani qayd etdi – Gretsiya yoshlar terma jamoasiga qarshi nimchorak final o'yinida Ahmadjon Musaev shogirdlari 3:1 hisobida g'alaba qozonib, O'zbekiston terma jamoalari tarixidagi eng yaxshi ikkinchi natijani qayd etishdi.
Shubhasiz, Ahmadjon Musaev shogirdlarida O'zbekiston terma jamoalarining jahon chempionatlardagi ishtiroki tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etish uchun imkoniyat mavjud. Buning uchun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 6 iyul, shanba kuni Rize shahrida o'tkaziladigan chorak final o'yinida o'yinida g'alaba qozonishlari talab etiladi.
2 iyul kuni bo'lib o'tgan nimchorak final o'yinlari natijalariga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasining chorak finaldagi raqibi nomi ma'lum bo'ldi. Musobaqa mezboni – Turkiya yoshlar terma jamoasini ishonch bilan yirik – 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Fransiya yoshlar terma jamoasi yarim final yo'llanmasi uchun o'yinda O'zbekistonga qarshi saf tortadi. E'tiborli tomoni, Fransiyaning to'rt goli to'rt futbolchi nomiga yozildi.
Qolgan ikki nimchorak final uchrashuvlariga ko'ra, 6 iyul kuni Bursa shahridagi “Otaturk” stadionida o'tkaziladigan chorak final juftligi ishtirokchilari ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, Istanbulda Nigeriya yoshlarini mag'lubiyatga uchratgan Urugvay termasi “o'z uyida” Ispaniyani qabul qiladi – musobaqa g'olibligiga eng asosiy da'vogar hisoblangan ispanlar seshanba kuni Meksika terma jamoasi ustidan qiyin, biroq irodali g'alabaga erishishdi.
3 iyul kuni nimchorak final uchrashuvlari doirasida quyidagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi (o'yinlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan):
20:00. Portugaliya – Gana
20:00. Xorvatiya – Chili
23:00. Kolumbiya – Janubiy Koreya
23:00. Iroq - Paragvay
U-20 JCH-2013
Nimchorak final uchrashuvlari
2 iyul, seshanba
Nigeriya – Urugvay 1:2 (0:0)
Gollar: Olarenvaju Kayode (69) – Nikolas Lopes (65, 84, penalti)
Gretsiya – O'zbekiston 1:3 (1:1)
Gollar: Konstantinos Stafilidis (33, penalti) – Abbosbek Maxstaliev (26), Igor Sergeev (62, penalti), Sardor Rahmonov (83, penalti)
Fransiya – Turkiya 4:1 (2:0)
Gollar: Joffri Kondogbiya (18), Jan-Kristof Baebek (34), Yaya Sanogo (67), Jordan Veretu (73) – Sinan Bakis (77)
Ispaniya – Meksika 2:1 (0:1)
Gollar: Derik (74), Yese (90) – Arturo Gonsales (2).
CHORAK FINAL JUFTLIKLARI
6 iyul, shanba
20:00. Fransiya – O'zbekiston
23:00. Urugvay – Ispaniya
7 iyul, yakshanba
20:00. Iroq/Paragvay – Kolumbiya/Janubiy Koreya
23:00. Portugaliya/Gana – Xorvatiya/Chili