O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 3-9 sentyabr kunlari Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Aleksey Evstafeev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi mazkur yig'in davomida Yaponiya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Yaponiyaga qarshi o'yinlar Toshkentdagi JAR stadionida 5 hamda 7 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi shu yilning 4-12 oktbyar kunlari 2014 yili Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etadi. O'zbekiston yoshlari saralash bahslarining A guruhida Qatar, Turkmaniston, Hindiston va Nepal yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradilar. A guruhi bahslariga esa, Qatar mezbonlik qiladi.