O'zbekiston U-19 terma jamoasi “CAFA U-19 championship-2019” musobaqasida ishtirok etadi

Eldor Akmurzayev
2 avg 2019, 23:30
Joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o'tkaziladi.

Ayni paytda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda. Jumladan, terma jamoamiz joriy yilning 9-15 avgust kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan o'tkaziladigan “CAFA U-19 championship-2019” musobaqasida ham ishtirok etadi. Mazkur turnirda bosh sovrin uchun shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg'oniston yoshlar terma jamoalari ham kurash olib boradi.

9 avgust

O'zbekiston – Eron

10 avgust

Afg'oniston – O'zbekiston

13 avgust

O'zbekiston – Tojikiston

15 avgust

Turkmaniston – O'zbekiston

Barcha uchrashuvlar Dushanbedagi Markaziy stadionda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UFA.uz