O'zbekiston U-19 "Lokomotiv-BFK"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2016, 13:40
Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi birinchi liga vakili "Lokomotiv-BFK" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Toshkentdagi yig'in doirasida dastlabki "Metallurg" bilan o'ynab 1:0 hisobida zafar quchgan Jasur Abduraimov shogirdlari kecha "temiryo'lchilar"ni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Bekobod klubiga qarshi bahsda yagona golga "Nasaf" hujumchisi Bobur Abduxoliqov mualliflik qilgan. "Lokomotiv-BFK" bilan o'yinda Sharof Haitboev va Sanjar Qodiroqulov to'p kiritishdi. Shunday qilib O'zbekiston U-19ning Toshkentda o'tgan yig'ini o'z yakuniga etdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 13-30 oktyabr kunlari Bahraynda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia