O'zbekiston (U-17) bugun Kot d‘Ivuar o'smirlariga qarshi maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2013, 13:03
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 30 sentyabr kuni Ispaniyadagi xalqaro turnirda o'zining birinchi uchrashuvini o'tkazadi.
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 30 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Ispaniyaning Marbelya shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

O'smirlar o'rtasidagi (U-17) jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 30 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Ispaniyaning Marbelya shahri mezbonlik qiladigan U-17 o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Mazkur musobaqada, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasidan tashqari Argentina, Kot d‘ Ivuar hamda Meksika o'smirlar (U-17) terma jamoalari qatnashadi.

Takidlash joiz, yuqorida nomlari keltirilgan terma jamoalarning barchasi shu yilning oktyabr oyida BAA mamlakatida start oladigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichi ishtirokchilari sanalishadi.

30 sentyabr, dushanba kuni O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi Kot d‘ Ivuar (U-17) o'smirlar terma jamoasiga qarshi turnirdagi ilk o'yinda maydonga tushadi. Ispaniyadagi xalqaro turnir Nuraliev shogirdlari uchun oktyabr oyida boshlanadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari oldidan so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

U-17 o'smirlar o'rastidagi Xalqaro turnir.
30 sentyabr - 4 oktyabr. Marbelya, Ispaniya


30 sentyabr.
O'zbekiston (U-17) - Kot d‘ Ivuar (U-17)

2 oktyabr.
O'zbekiston (U-17) - Meksika (U-17)

4 oktyabr.
Argentina (U-17) - O'zbekiston (U-17)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com