O'zbekiston U-14 chempionati nizomiga o'zgartirish kiritildi

Tolibjon Qosimov
6 okt 2021
Musobaqada ishtirok etish uchun "Aral Samali" jamoasi yetib kelmadi.

Bu esa guruh bosqichi yakuniga ko'ra eng yaxshi 3 ta 2-o'rin egalarini aniqlab olishda noaniqlik keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib, Nizomning 9-bandida ko'zda tutilgan holat bo'yicha 6.1-bandga qo'shimcha kiritildi.

Demak, guruhlarda eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan 3 ta 2-o'rin egalarini aniqlashda barcha guruhlarda 4-o'rinni egallagan jamoalar natijasi 0 ga tenglashtirib olinadi. Yani, har bir guruhda dastlabki uch o'rinni egallagan jamoalarning o'zaro o'yinlari natijasidan kelib chiqib, eng yaxshi 2-o'rin egalari saralab olinadi va ular guruh peshqadamlari bilan birga 1/4 finalga yo'llanma oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz