

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi futbolchilar Ispaniya va Turkiyada yig'in o'tkazib, bir qator nazorat o'yinlarida maydonga tushganliklari haqida xabar berib o'tgandik. Navbatdagi yig'in shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi bo'ladi.
O'quv-mashg'ulot yig'iniga quyidagi futbolchilar taklif qilingan:
Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon Nasaf
Hamroev Umidjon Paxtakor
Ziyovutdinov Nizomitdin AGMK
Muhammadjonov Mashhurjon Nasaf
Himoyachilar:
Qobilov Islom Bunyodkor
G'ofurov Husniddin Surxon
Aliqulov Husniddin Mashal
Nasrullaev Sherzod Nasaf
Saidov Dilshod Nasaf
Alijonov Xojiakbar Paxtakor
Alijonov Ilhom Nasaf
Talxatov Dian So'g'diyona
Yarim himoyachilar:
Abdullaev Abdulla Bunyodkor
Ismoilov Abrorbek Surxon
O'runov Oston Navbahor
Rustamov Oybek Qo'qon-1912
Yaxshiboev Jasur Paxtakor
To'xtasinov Nurillo Bunyodkor
Kenjaboev Islom Nasaf
Rashidxonov Islom Nasaf
Bozorov Oybek Nasaf
Qodirqulov Sanjar Bunyodkor
Nurullaev Suhrob Metallurg
Muxitdinov Sharof Nasaf
Hujumchilar:
Amonov Aziz Lokomotiv
Mirahmadov Mirjahon Bunyodkor
Abduxoliqov Bobur Nasaf
Eslatib o'tamiz, Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralashida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tojikiston va Hindiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Saralash o'yinlarining taqvimi quyidagicha:
22 mart, 17:00
O'zbekiston - Hindiston (Paxtakor stadioni)
24 mart, 17:00
Tojikiston - Hindiston (Paxtakor stadioni)
26 mart, 17:00
O'zbekiston - Tojikiston (Paxtakor stadioni)



