O'zbekiston oq, Iordaniya qizil rangli libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2013, 17:57
JCH-2014 saralash pley-off javob o'yinida , O'zbekiston milliy terma jamoasi oq, Iordaniya milliy terma jamoasi esa qizil rangli liboslarda harakat qiladi.
9 sentyabr kuni O'zbekiston hamda Iordaniya terma jamoasi menejerlari ishtirokidagi miting bo'lib o'tdi va unda 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvda terma jamoalar maydonda qanday rangli liboslarda harakat qilishiga oydinlik kiritildi. Unga ko'ra, mezbon - O'zbekiston milliy terma jamoasi oq rangli liboslarda, Iordaniya esa, qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, kunning birini yarmida ikkala terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda dastlab Iordaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Hussam Hassan OAV hodimlari savollariga javob bergan bo'lsa, matbuot anjumanining ikkinchi qismida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

O'zbekiston hamda Iordaniya milliy terma jamoalari ishtirokidagi JCH-2014 saralash pley-off javob uchrashuvi 10 sentyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com