O'zbekiston MTJ bugun BAAga uchib ketadi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2020, 11:53
O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inini Dubay shahrida davom ettiradi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov 12 oktyabr kungi BAAga qarshi o'yin uchun Milliy jamoamizga 24 nafar futbolchini jalb etgan.

MTJ delegaciyasi bugun Toshkent-Dubay HY333 havo reysi bilan soat 17.50da Birlashgan Arab Amirliklari tomon parvoz qiladi. Delegaciya mahalliy vaqt bilan 20.25da Dubay xalqaro aeroportiga yetib boradi.

Shundan so'ng, Milliy terma jamoamiz vakillari “Al Bustan Rotana” mehmonxonasiga joylashadi. Jamoa a'zolari ertaga BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazadi.


O'zbekiston terma jamoasining BAA bilan o'yin uchun futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar
: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Rahimjon Davronov ("Mashal")

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov ("Kvandju", Janubiy Koreya), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohimhalil Yuldashev ("Bunyodkor"), Murod Holmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizjon G'aniev ("Shabab Al Ahli", BAA).

Hujumchilar: Shahzod Ubaydullaev ("Metallurg"), Jasur Yaxshiboev ("Shaxtyor Soligorsk", Belarus), Igor Sergeev ("Paxtakor").

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz