O'zbekiston Kubogi yarim finali prevyusi: "Paxtakor" - "Bunyodkor"

12 avgust kuni O'zbekiston Kubogi yarim finalining birinchi o'yinlari bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" unda "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Jamoalar o'rtasidagi poytaxt derbilari hamisha keskin va qiziqarli o'tib keladi. Oxirgi paytlarda har ikki jamoa yaxshi holatga kirib bormoqda. Kubok bahslarida "Paxtakor" va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi 5 marta kuzatilgan. Shundan 3tasi finalda va 2tasi yarim finalda. 2007 yil finalda "Paxtakor" penaltilar seriyasida zafar quchgan - 7:6. 2008 yil "Bunyodkor" 3:1 hisobida g'alabaga erishgan bo'lsa, 2009 yil "Paxtakor" kichik hisobda muvaffaqiyatga erishgan. 2012 yil yarim finallarda 1:1 va 3:1 hisoblari qayd etilib, raqib final yo'llanmasiga ega chiqqan.

Bellashuvni Viktor Serazetdinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Ushbu referi bu mavsumda 2 o'yinimizni boshqardi. Ularda "Mashal" va "Navbahor" dog'da qoldirildi.

"Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi 12 avgust, chorshanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. Chiptalarni stadion kassalaridan 5 va 15 ming so'mdan xarid qilishingiz mumkin.

"PAXTAKOR" - "BUNYODKOR"

Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Mamur Saidqosimov (Toshkent), Andrey Sapenko (Toshkent viloyati), Murod Muhammedov (Toshkent viloyati).

Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent).



Manba: pakhtakor.uz