O'zbekiston kubogi. "Surxon" va "Istiqlol" keyingi bosqichda

Narzulla Saydullayev
19 mar 2017, 17:30
Bugun O'zbekiston kubogining o'tish bosqichidan o'rin olgan ikki o'yin bo'lib o'tdi.

G'allaorolga safar qilgan "Surxon" 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Farg'onada kechgan "Istiqlol" - "Yangier" uchrashuvining asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi. Qo'shimcha taymlarda mezbonlar kuchliroq chiqishdi - 5:4.

Shu tariqa, "Surxon" 1/16 finalda "Qo'qon-1912" bilan, "Istiqlol" esa "Mashal" bilan o'ynaydi. 


O'zbekiston kubogi. O'tish bosqichi
19 mart (yakshanba)
“G'allakor-Barsa” (G'allaorol) – “Surxon” (Termiz) 1:3
Hakamlar:
Igor Garmashov (Toshkent), A. Xudoyberganov (Toshkent), D. Xusnutdinov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: Rahmatullo Qoratoev (Toshkent vil.).
Gollar: Behruz Do'stmurodov 71 - Akmal Abdurahmonov 17, Sevdiyor Hamroqulov 32 avtogol, Sayriddin G'afforov 49


“Istiqlol” (Farg'ona) – “Yangier” (Yangier) 5:4
Hakamlar:
Igor Xudaydatov (Toshkent), X. Nabiev (Toshkent), S. Nishonboev (Tashkent), O. To'ychiboev (Farg'ona)
Nazoratchi: Andrey Tambovcev (Toshkent).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia