O'zbekiston kubogi finali mezboni va sanasi ma'lum

Оқил Абдубарноев
19 okt 2023, 21:31
Bugun O'zbekiston kubogining hal qiluvchi bosqichida ishtirokchilari aniq bo'ldi.

Musobaqa kubogi uchun "Nasaf" va OKMK klublari bellashadi. Mazkur uchrashuv 12 noyabr kuni Qarshi shahridagi "Markaziy" o'yingohida o'tkaziladi. 

"Ajdarlar" o'yinda rasmiy mezbon sifatida maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" o'z tarixida 9-marta, shu bilan birga, ketma-ket 3-marta final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

OKMK esa o'z tarixida 4-marta hal qiluvchi bosqichga yetib keldi. Olmaliqliklar so'nggi bor 3 yil muqaddam finalda ishtirok etgandi.

Yarim finalda yutqazgan "Navbahor" o'tgan yil shu bosqichda penaltilar seriyasida "So'g'diyona"ni mag'lub etgandi, joriy yil aynan "lotoreya"da imkoniyatni boy berdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia