O'zbekiston Gvatemalaga qarshi to'liq ko'k libosda maydonga tushadi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2021, 14:08
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Jahon Chempionati doirasida Gvatemalaga qarshi ilk o'yinini o'tkazadi.

Mazkur bahs oldidan FIFA tashkiliy qo'mita a'zolari hamda ikki jamoa vakillari ishtirokida onlayn miting bo'lib o'tdi. Unda uchrashuvning tashkiliy masalalari, xususan, media, marketing va tibbiy jarayonlar muhokama qilindi. 

Kelishuvga ko'ra, Gvatemalaga qarshi uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi to'liq ko'k rangda maydonga tushadigan bo'ldi, darvozabonimiz esa sariq libosda harakatlanadi. 

Eslatib o'tamiz O'zbekiston - Gvatemala uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Ushbu bahsni Yoshlar telekanali jonli efirda namoyish etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати