O'zbekiston futzal terma jamoasi murabbiylar shtabiga ispaniyalik mutaxassis kelib qo'shildi

Aziz Tukhtamuradov
10 sen 2022, 09:04
Yaxshi bilasiz, O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tayyorgarlikni yanada kuchaytirish maqsadida terma jamoamiz murabbiylar shtabiga ispaniyalik Arkait Sisniega Gomes kelib qo'shildi. Gomes terma jamoada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. 

Ma'lumot uchun, u 2016 yilgi Osiyo chempionatida ham terma jamoamiz shtabida faoliyat olib borgan. 

Eslatib o'tamiz, 12-22 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Quvaytdagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish uchun yig'in o'tkazadi va mazkur yig'in doirasida futzalchilarimiz Iroq terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadilar.  

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia