O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun BAAga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2017, 16:09
Avval xabar berilganidek, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi BAAda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazmoqda.

Bugun Bahodir Ahmedov shogirdlari yig'in doirasida BAA terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Sharja shahridagi “Sharja” sport majmuasida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi BAA termasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini ertaga 3 noyabr kuni o'tkazishi rejalashtirilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com