
Mirjalol Qosimov shogirdlari Eronga qarshi 11 iyun kuni maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuvning o'tkazilish vaqti va joyi ham ma'lum bo'ldi. Demak, O'zbekiston – Eron o'yini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi.
Uchrashuv soat 18:00da start oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionati saralash bosqichi doirasidagi dastlabki uchrashuvini 16 iyun kuni, safarda KXDRga qarshi o'tkazadi.