O'zbekiston avgust oyida Yaman bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2016, 16:57
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralashi 3-bosqichidagi o'yinlarga tayyorgarlik doirasida avgust oyida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Kuni kecha Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoa iyul oyida Iroq bilan o'yin o'tkazishi haqida xabar bergandik. FIFA rasmiy sayti O'zbekiston avgust oyining 24 sanasida Yaman bilan o'yin o'tkazishi borasida xabar tarqatdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCH-2018 saralashi 3-bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvni 1 sentyabr kuni Suriyaga qarshi Toshkentda o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia