Otabek Narzullaev: “Jizzaxga g'alaba uchun kelgandik”

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016, 20:59
Oliy liga o'n beshinchi turidan joy olgan “So'g'diyona” - “Qizilqum” jamoalari uchrashuvidan (1:1) so'ng, navoiyliklar yarim himoyachisiOtabek Narzullaev o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
-O'tgan turda o'z maydonimizda “Neftchi” bilan durang o'ynagan bo'lsak, “So'g'diyona” safarda “Nasaf”ga yutqazgandi, - dedi Otabek Narzullaev. - Shu bois, Jizzaxda o'yin qiyin o'tishini oldindan taxmin qilish qiyin emas edi. Bu uchrashuvda g'alaba qozonish uchun maydonga tushgandik. Ammo o'z darvozamizdan bu qadar tez gol o'tkazamiz deb o'ylamagandik. Shunga qaramay o'yin oxirigacha hisobni tenglashtirib, mag'lubiyatdan qutulib qoldik.

Birinchi davrani kuchli oltilikda yakunladik. Menimcha, “Qizilqum” bundan-da yuqori o'rinlarga munosib. Davralar oralig'ida tarkibimizda katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Ishonamanki, ikkinchi davrada jamoamiz, albatta, o'z muxlislarini xursand qilishadi.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia