Osiyo o'yinlari. Janubiy Koreya - chempion. Son Xen Min "armiya"ga bormaydi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2018, 19:22
Indoneziyada Osiyo o'yinlari yakuniga yetib bormoqda.

Futbol musobaqasining finalida Janubiy Koreya Yaponiyani 2:1 hisobida mag'lub etib oltin medallarga ega chiqdi. "Tottenxem" vakili Son Xon Min chempion bo'lgani uchun 2 yillik harbiy xizmatdan qutulib qoldi.

Bronza medali uchun o'yinda BAA penaltilar seriyasida Vetnamni mag'lub etdi.


Final

Janubiy Koreya - Yaponiya 2:1
Bosh hakam
: Aziz Asimov (O'zbekiston)
Gollar: Li Son Vu 93, Xvang Xi Chan 101 - Ayase Ueda 115



3-o'rin uchun bahs
Vetnam - BAA 1:1 (penaltilar seriyasi 3:4)
Gollar:
Nguen Van Kuet 27 - Ahmad Al Hashmi 17


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia