Osiyo Kubogi. Raqibimiz o'rtoqlik o'yinida g'alaba qozondi

Osiyo Kubogidagi raqibimiz Saudiya Arabistoni kecha o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi.
Saudiyaliklar Falastin ustidan 2:0 hisobida zafar quchishdi. Avvaliga “Al Shabab” hujumchisi Naif Hazazi hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taymda Fahad Al Muvallad hisobni 2:0 ko'rinishga keltirdi.

Bu g'alaba Saudiyaning oxirgi oltita bahsdagi ilk g'alabasi bo'ldi. Jamoa so'ngngi bor Indoneziyani 1:0 hisobida mag'lub etgandi. Endi S.Arabistoni Fors ko'rfazi Kubogida ishtirok etadi. Jamoa dastlabki uchrashuvni 13 noyabrda Qatarga qarshi o'tkazadi. Saudiya joy olgan guruhda shuningdek Bahrayn bilan Yaman bor.

Manba: championat.asia