Osiyo Kubogi-2019. Bugun final

Narzulla Saydullayev
1 fev 2019, 10:52
Bugun BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogida final o'yini bo'lib o'tadi.

Abu Dabidagi "Zayd Sport Siti" stadionida Qatar va Yaponiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. Mazkur bahsni o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. 

Yaponiya o'z tarixida beshinchi bor finalda o'ynaydi. Qatar esa ilk bor hal qiluvchi uchrashuvda ishtirok etadi. 




Yaponiya - Qatar
Bosh hakam: 
Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Ma Ning (Xitoy)
Video assistent hakam: Paolo Valeri (Italiya)
Video assistent hakam yordamchilari: Muhammadd Taqi Bin Jahari (Singapur) va Kristofer Bit (Avstraliya)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia