Osiyo chempionatlari. Saudiya Arabistoni

Xayrulla Xoliqov
30 noya 2018
Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 11-tur bahslariga start berildi.

Hozircha navbatdagi turning faqat bitta o'yini o'tkazilib, "Al Shabab" - "Al Ittifoq" uchrashuvi durang natija bilan yakun topdi. Turnir jadvali peshqadami "Al Hilol" 11-tur bahsini 12 dekabrda o'tkazadi. Bunga sabab bu jamoa Arab chempionlar ligasida ham ishtirok etyapti.

To'purarlar poygasida uch nafar hujumchi 7ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Bular - Bafetimbi Gomis ("Al Hilol"), Kristian Kuanka ("Al Ittifoq") hamda Leandre Tavamba Kana ("Al Taavon"). "Al Ahli" yetakchisi Omar Al Soma hisobida hozircha 6ta gol bor. "Al Nasr"ning nigeriyalik hujumchisi esa 5ta to'p kiritgan.  

10-tur natijalari
"Al Fateh" - "Ohod" 4:0
"Al Feyha" - "Al Hazm" 1:1
"Al Vahda" - "Al Batin" 1:0
"Al Quadisiya" - "Al Raed" 3:1
"Al Nasr" - "Al Shabab" 1:0
"Al Ittifoq" - "Al Taavon" 2:4
"Al Faysali" - "Al Hilol" 1:1
"Al Ittihod" - "Al Ahli" 1:3

Musobaqa jadvali


11-tur uchrashuvlari
29 noyabr. "Al Shabab" - "Al Ittifoq" 2:2
30 noyabr. "Al Quadisiya" - "Al Faysali"
30 noyabr. "Al Ahli" - "Al Feyha"
1 dekabr. "Al Fateh" - "Al Taavon"
1 dekabr. "Al Batin" - "Al Raed"
2 dekabr. "Al Nasr" - "Al Vahda"
2 dekabr. "Al Ittihod" - "Al Hazm"
12 dekabr. "Ohod" - "Al Hilol"


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia