O'rtoqlik uchrashuvlari. Eronda va Qirg'izistonda g'alaba, Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni 0:0
Narzulla Saydullayev
1 yanv 2019, 11:19
Osiyo Kubogidan oldin bir qator terma jamoalar o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazib olishdi.
Qatar va Eron o'rtasidagi o'yinda Keyrush shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Janubiy Koreya esa Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynadi - 0:0. Qo'shnilarimiz Qirg'iziston terma jamoasi Falastinni taslim qilishdi - 2:1.