Toshkentda o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 18 avgust kuni JAR stadionida Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Dilshod Nuraliev boshchiligidagi o'zbekistonlik o'smirlar, Toshkentda Eron o'smirlariga qarshi 3ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Qayd etish joiz, 16 avgust kuni Toshkentga yetib kelgan Eron o'smirlar terma jamoasi ham O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi singari, shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichi ishtirokchisi sanaladi. Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston va Eron o'smirlar terma jamoalari o'zaro yana ikki marta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuvlar ham Toshkentdagi JAR stadionida bo'lib o'tadi.
Toshkentda Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvlar, Nuraliev shogirdlari uchun shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichi o'yinlari oldidan tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
Ma'lumot o'rnida, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 26 avgust kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi. Qur'a tashlash marosimida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev hamda terma jamoa sardori Otabek Shukurov ishtirok etadilar.
O'rtoqlik uchrashuvi. Toshkent. JAR stadioni.
18 avgust. Yakshanba.
O'zbekiston U-17 - Eron U-17 - 2:0
Gollar: Ibrohim Abdullaev, Izzatilla Abdullaev.