O'rtoqlik uchrashuvi. "Navbahor" - "So'g'diyona" 2:0

Narzulla Saydullayev
9 fev 2017
Bugun Toshkentda "Navbahor" va "So'g'diyona" klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'limda "lochinlar" hujumchisi Nemanya Yovanovich hisobni ochdi. Ikkinchi taym boshida yana o'sha Yovanovich o'z hisobiga ikkinchi golni yozib qo'ydi - 2:0.

Uchrashuvda ikkala jamoa a'zolarida ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Biroq qolgan vaqt davomida boshqa gol urilgani yo'q. Bahs so'nggida bosh hakam Suhrob Qobilovni maydondan chetlatdi.

Yaqin vaqt ichida uchrashuvdan fotogalereya taqdim etiladi.


"Navbahor" - "So'g'diyona" 2:0
Gollar:
Nemanya Yovanovich 2ta

"Navbahor": Asilbek Amonov, Alisher Samatov, Hasanboy Ergashev, Jahongir Mehmonov, Tohir Shamsitdinov, Mirzohid G'ofurov, Oybek Qilichev, A'zam Aliev, Dilshod Jabborov, Mansur Saidov, Nemanya Yovanovich.
Zaxiradan tushganlar: Nodir Ashurmatov, Abbos Otaxonov, Ravshan Xursanov, Azizbek Turg'unboev, Abduaziz Sultanov, Ilhom Boydedaev Alisher Mirzaev, Timur Tolipov, Ilhom Aliboev.

"So'g'diyona": Sarvar Karimov, Elyor Orifov, Rustam A'zamov, Omon Halilov, Azamat Isroilov, G'ulom O'runov, Sunnat Mamadaliev, Akmal Xolmatov, Izzatilla Abdullaev, Alisher Maxmudov, Ixtiyor Toshpo'latov.   
Zaxiradan tushganlar: Doston Abdurahmonov, Suhrob Qobilov, Akmal Abdurahmonov, Nurlibek Talasbaev, Qaxramon Bahodirov, Sardor Eminov, Ulug'bek Xudoyberdiev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia