O'rtoqlik uchrashuvi. "Metallurg" - "Qizilqum" 0:0

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2017, 22:11
Yangi mavsum taraddudini ko'rayotgan Bekobodning "Metallurg" jamoasi bugun poytaxtimizdagi "Bunyodkor" akademiyasi maydonida Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bilan kuch sinashdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan o'yinda darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi. Uchrashuv bekobodliklarning hududiy ustunligi ostida o'tdi. O'z navbatida navoiyliklarning bir kun muqaddam "Bunyodkor"ga qarshi to'p tepganliklari charchog'i ham sezildi. Ikkala jamoada ham gol urish imkoniyatlari bo'ldi. Biroq shu kuni himoyachilar va darvozabonlar hujumchilarga nisbatan ishonchli o'ynashdi - 0:0.

"Metallurg" - "Qizilqum" 0:0

"Metallurg": Zafar Safoev, Davron Karimqulov (Vusol Mageramov), Doston Tursunov (Kamron Kopadze), Hikmat Hoshimov (Jasur Ahmedov), Mirg'iyos Sulaymonov (Nodir Yo'ldoshev), Doniyor Odilov (Farhod Namozov), Jahongir Abdumo'minov (Alisher Ziyovuddinov), Islom Isoqjonov (Muhammadodil Qahramonov), Sanjar Qodirqulov (Abror Toshqo'ziyev), Dilmurod Karimov (Ayubxon No'monov), Zohid Abdullayev (Umid Rahimov).
"Qizilqum": Umid Xonimqulov, Shukurali Po'latov, Akmal Rustamov, Otabek Zokirov, Azamat Allaniyozov, Fayzulla Qambarov, Jasur Hasanov, Maksim Yurku, Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev, Azizbek Usmonov.
Zaxira: Artyom Makosin, G'ayrat Jumaev, Sherali Jo'raev, Alisher Yusupov, Mansurjon Saidov, Samandar Shodmonov, Bekzod G'anijonov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: metallurg-pfc.uz