O'rtoqlik uchrashuvi. "Lokomotiv" - O'zbekiston OTJ 2:1

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2018, 09:35
“Lokomotiv” stadionida “temiryo'lchilar” Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston milliy olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Birinchi bo'limda yaqqol ustunlik qilgan mezbonlar Sardor Rashidov tomonidan kiritilgan 2 gol evaziga oldinga chiqib oldilar.

Ikkinchi bo'limda Andrey Fyodorov yoshlar jamoamizning bir necha futbolchilarini ham sinovdan o'tkazib oldi. O'yin yakunida Olimpiya terma jamoasi sardori Sharof Muhiddinov bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu hisob tablodagi so'nggi o'zgarish bo'ldi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Lokomotiv - O'zbekiston OTJ 2:1
Gollar:
S. Rashidov (27,45) – SH. Muhiddinov (90)
Lokomotiv”: M. Ikromov, I. To'xtaxo'jaev, I. Yelich, F. Ibrohimov, O. Zoteev, S. Mirzaev, H. G'ofurov, S. Shoahmedov, S. Rashidov, M. Bikmaev, Nivaldo
Zaxiradan maydonga tushganlar: S. Karimov, I. Bikmaykin, B. Ergashev, J. Jumaboev, R. Hamroev, A. Shog'ulomov
O'zbekiston OTJ: M. Muxamadjonov, H. Alikulov, H. G'ofurov, H. Alijonov, SH. Nasrulaev, A. Ismoilov A. Rustamov, N. To'xtasinov, S. Qodirqulov, A. Amonov, J. Holto'raev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz