Orol - Paxtakor-2 bahsidan keyingi murabbiylar fikri

Narzulla Saydullayev
21 avg 2013, 20:23
Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda Nukusning Orol jamoasi Toshkentning Paxtakor-2 klubini qabul qildi. Garchi yosh "sherlar" safarda o'ynagan bo'lishlariga qaramay, ular yakunda uch ochkoni qo'lga kiritdi. Biz mazkur uchrashuvdan so'ng, har ikkala jamoa bosh murabbiylarining fikrlari bilan qiziqdik.

Nematulla Qutibaev (Orol bosh murabbyi): Bu o'yindan oldin bir qator yo'qotishlar bor edi. Jarohat va diskvalifikaciya tufayli bir nechta o'yinchilarimiz bugungi bahsda jamoamizga yordam bera olmadi. "Paxtakor-2" juda yaxshi jamoa. Tarkibi ancha yaxshi shakllanganligi ko'rinib turibdi. Bugun bu jamoa  futbolchilarining barchasi zo'r o'ynadi. Lekin futbolda mag'lub bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q. Shu bois "Paxtakor-2"ni ham yutsa bo'ladi. Bugun shogirdlarim jismoniy jihatdan raqibga o'yinni boy berdi.

Ilhom Mo'minjonov (Paxtakor-2 bosh murabbiyi): Menga bugun mezbonlarning o'yini yoqdi. Yigitlar yosh bo'lishlariga qaramay, ancha mazmunli o'yin namoyish etishga harakat qildi. "Orol" tarkibida o'ynagan 8-raqamli (Miras Qarliboev) futbolchining harakatlari boshqalarga nisbatan ijobiy bo'ldi deyishim mumkin. Bugun raqib jamoaga omad yetishmadi. "Orol"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.


Adilbay Allaniyozov yozib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia