"Oq-tepa": Yangi mavsum liboslari tanishtirildi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2015, 10:59
Kuni kecha o'tkazilgan mavsum oldi matbuot anjumanida jamoamizning yangi mavsumda foydalanadigan liboslari OAV xodimlariga tanishtirildi.
Unga ko'ra, “Oq-tepa”ning asosiy libosining rangi to'liq oq bo'ladi. Yani, jamoamiz o'z uyida to'p surganida futbolka, shorti va getrining barchasi oq rangda bo'lgan libosda harakat qiladi.
 
Safar uchrashuvlarida olovrang libosda o'ynaydi. Mehmondagi bahslarda kiyiladigan liboslarning barchasi – futbolka, shorti va getrining rangi olovrang bo'ladi. Va albatta aytish kerak, agar liboslar rangi mehmon yoki mezbon raqibning libosi rangi bilan bir xil bo'lib qolsa, vaziyat o'zgarishi ham mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz