Olmos Qilichev: Yo'qotishlar ta’sir qildi

Narzulla Saydullayev
24 sen 2016, 21:30
Mashal - Andijon (5:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Andijondan jamoa boshlig'i Olmos Qilichev uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Albatta Muborakka ochko olish maqsadida kelgandik. Chunki ayni paytda har bir ochko biz uchun oltinga teng deyish mumkin. Bugun tarkibda o'ziga yarasha muammolar bor edi. Bobur Akbarov, Azamat Bobojonov diskvalifikaciya tufayli bugungi uchrashuvda ham yordam bera olmadi. Pavel Smolyachenko bilan Dilshod Jo'raev esa mashg'ulot chog'ida jaroxat orttirib olishgandi. Shu bois murabbiylar shtabi imkoniyatdan kelib chiqib, tarkib tuzgandi. Yoshlarga biroz tajriba  yetishmasligi pand berdi. Mashal esa haqqoniy g'alabaga erishdi. Endi keyingi o'yinlarga e'tibor qaratgan xolda, ochko jamg'arishga urinamiz - deydi Olmos Ravshanbekovich.


"Andijon" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia