"Olmaliq": Jamoa tatilga chiqdi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2017, 13:45
Birinchi davra bahslari "Olmaliq" uchun yakunlangach, jamoa a'zolariga 4 kunlik tatil berildi.

Futbolchilar mashg'ulotlarni 30 iyundan boshlashadi. 4 iyul kuni ertalab jamoa a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Shu kuni kechki payt esa 36 kishidan iborat "Olmaliq" delegaciyasi Minsk shahriga yozgi o'quv-mashg'ulotlarini o'tkazish uchun jo'nat ketadi. 25 iyulga qadar davom etishi kutilayotgan yig'inda jamoamiz 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida keyinroq ma'lumot berib o'tamiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz